Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaKundalik xaridlarga yanada arzon narxlar!
Sizga mehr bilan: biz kundalik xaridlar uchun yanada arzon narxlar dasturini taklif etamiz!
Biz Korzinkalarimizda xaridlaringiz doim unumli, jarayonning o‘zi esa – qulay va yoqimli bo‘lishiga doim intilamiz. Ushbu tashabbusimiz davomi sifatida biz kundalik xarid mahsulotlari uchun “Yanada arzon narx – kundalik xaridlar uchun yanada arzon narx!” dasturini (keyingi oʻrinlarda – dastur) boshladik. Uning doirasida biz mijozlarimizga kundalik xarid mahsulotlari uchun 250 dan ortiq mahsulotlarni jamlagan savat uchun yanada arzon narxlarni taklif etamiz. Buning uchun biz meva-sabzavot mahsulotlari uchun har kuni (yakshanba mustasno), boshqa mahsulotlar uchun esa har hafta Toshkent shahri, shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Sirdaryo va Andijon viloyatlari supermarketlari hamda bozorlari orasida narx monitoringini o‘tkazib boramiz. Monitoring natijalariga koʻra lozim hollarda, muayyan mahsulotlarga 24 soat davomida yangi narx belgilanishi mumkin. Bunda dastur doirasidagi mahsulotlar savatining umumiy narxi yanada arzonligicha qoladi.
Narxlarni taqqoslash uchun Korzinkada taqdim etilgan, brendi, modeli, navi, kalibri, o‘lchami, sifati va rangi bo‘yicha o‘xshash mahsulotlar olindi. Monitoring orqali taqqoslashda savatning (dasturga kiritilgan mahsulotlar katalogi – https://krzn.uz/yanuzb) umumiy narxi inobatga olinadi. “Yanada arzon narx” dasturi tarmoqning Toshkent shahri va Toshkent, Buxoro, Samarqand, Navoiy, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo va Andijon viloyatlaridagi supermarketlarida, jumladan, Korzinka, Korzinka Mahalla, Korzinka Diskont, Smart formatlari va Korzinka Go onlayn xizmatida amal qiladi. Maxsus narxlar yuqorida keltirib oʻtilmagan hududlardagi do‘konlarda xarid qilingan mahsulotlar uchun amal qilmaydi. Monitoringda chegirma va aksiyalardagi narxlar nazarda tutilmaydi.
Savat/Kundalik xarid mahsulotlari bu – https://krzn.uz/yanuzb veb-saytidagi katalogda keltirilgan mahsulotlar roʻyxati va koʻrsatilgan mahsulotlarning butun roʻyxati uchun yanada arzon narxdagi taklifdir.
Narxlar monitoringi quyidagilar orasida o‘tkaziladi:
Toshkent shahri va Toshkent viloyati:
– “Darvoza Savdo” MChJ (Makro)
– “Havas Food” MChJ QK (Havas)
– “Urban Retail” MChJ QK (Baraka)
– “Magnum Retail” MChJ XK (Magnum)
– “NEW RETAIL” MChJ (bi1)
– “Магнит Средняя Азия” MChJ XK (M COSMETIC)
– “Xalq retail” MChJ (Olma)
– “Farhod” bozori
– Yunusobod dehqon bozori
– Chorsu bozori
Samarqand viloyati:
– Ismatov’s Family Market MChJ (Optovik.uz)
– Temiryo‘l dehqon bozori
– Siyob dehqon bozori
Buxoro viloyati:
– “OASIS MEGA MARKETING” MChJ (Oasis)
– Markaziy dehqon bozor
– “To‘qimachi” dehqon bozori
Navoiy viloyati:
– Grand Gipermarket
– Yangi Hayot Bozori
Andijon viloyati:
– Eski shahar dehqon bozori
– Yangi shahar dehqon bozori
– "Osiyo Center" MChJ (Asia supermarket)
Namangan viloyati:
– "Noila Milliy Market" MChJ (Milliy Market)
– "Sumayya" MChJ (Tops Market)
– "New Best Super Market" MChJ (Best Market)
– Chorsu bozori
Farg‘ona viloyati:
– "Ansor Trade Ferghana" MChJ (Ansor Market)
– "Osiyo Center" MChJ (Osiyo Market)
– Farg‘ona dehqon bozori
– Baraka bozori
– "Benazir" MChJ (Benazir market)
– Dehqon bozori (Kappon bozori)
Jizzax viloyati:
– “Oqtosh Abbos Savdo” (Toshkent Market)
– Ko’k bozor
Surxondaryo viloyati:
– “Family food” (“Family” supermarketi)
– “Yashil dunyo” bozori
Qashqadaryo viloyati:
– “Durdona and Elnur” XK (“Marka” marketi)
– Eski bozor
Sirdaryo viloyati:
– SP OOO Havas Food (Havas)
– Guliston Dehqon bozori
Agar talab ortib ketgan taqdirda, “Anglesey Food” MCHJ XK ixtiyoriga koʻra katalogdagi mahsulotlarni xarid qilish miqdoriga cheklov oʻrnatilishi mumkin.
Ushbu dastur faqat “Anglesey Food” MCHJ XK kompaniyasining ixtiyoriga ko‘ra amal qilayotgan bo‘lib, dastur shartlari oldindan ogohlantirishsiz istalgan vaqtda o‘zgartirilishi mumkin va bu oʻzgartirishlar veb saytimizda eʼlon qilingandan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
Qo‘shimcha savollarga javob olish uchun, iltimos, kassirga, do‘kon menejeriga murojaat qiling yoki mijozlar bilan ishlash mutaxassislarimiz bilan ushbu raqam orqali bog‘laning: +998 (78) 140-14-14.
* Katalogdagi mahsulotlar narxi so‘mda ko‘rsatilgan.
* Bazaviy 1% bonuslar, shuningdek, Korzinka Plus karta dasturi boʻyicha oy va chorak retro bonuslari Dasturning havola boʻyicha mavjud tanlangan tovarlar roʻyxati uchun hisoblanmaydi.
* Narxlar monitoringi har bir hudud uchun alohida amalga oshiriladi. Turli hududlarda dastur doirasidagi mahsulotlar narxlari katalogda koʻrsatilganidan arzonroq boʻlishi mumkin.
“Yanada arzon narx - Kundalik xaridlar uchun yanada arzon narxlar!” — bu vaqt bilan chegaralangan aksiya emas, balki narx shakllantirish dasturidir.
Dastur to‘xtatilgan taqdirda bu haqida bildirishnoma bizning rasmiy saytimizda e’lon qilinadi.