Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
KataloggaLekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz
Kataloggatakliflar
“Korzinka” – O‘zbekistondagi ilk supermarketlar tarmog‘i
“Korzinka” tarmog‘ining birinchi supermarketi 1996-yilda ochilgan, 2005-yilda esa, O‘zbekistonda birinchi “korzinka.uz” internet-do‘koni ishga tushdi.
Bugungi kunda 150 dan ziyod do‘kondan iborat tarmoq O‘zbekistonning 12 ta hududida taqdim etilgan. Bundan tashqari, mijozlar “Korzinka Go” mobil ilovasidan foydalanishlari va o‘zlariga qulay bo‘lgan istalgan nuqtaga yetkazib beriladigan onlayn-buyurtmani rasmiylashtirishlari mumkin.
“Korzinka” — barcha uchun mos do‘kon
“Korzinka” supermarketlari
Chakana do‘konlar rastalarida oziq-ovqat mahsulotlari, uy uchun tovarlar, gigiyena vositalari, maishiy kimyo, kanselyariya tovarlari hamda mashhur jahon va mahalliy brendlarning boshqa mahsulotlari, shuningdek do‘konda tayyorlanadigan bir qator mahsulotlar taqdim etilgan. “Korzinka” sifatli va barra mahsulotlar, keng assortiment, qulay xarid jarayonini taklif etadi.
Korzinka Mahalla
Uy yonida formatidagi tarmoq do‘konlari turli yo‘nalishlarda o‘z toifasining eng yaxshi mahsulotlari saralamasini taqdim etadi. Bunday “uy yaqinidagi do‘konlar” qulay joylashuvi va keng assortimenti bilan ajralib turadi va vaqtni sezilarli darajada tejash imkonini beradi.
Korzinka Go
“Korzinka Go” onlayn-supermarketi uydan chiqmay turib xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi. Buyurtmani ilova orqali rasmiylashtirish mumkin: navigatsiya tushunarli, assortiment esa, har kuni yangilanadi. Ilg‘or amaliyot modeli tufayli, buyurtma yig‘ilishi vaqti 5-10 daqiqagacha qisqargan, yetkazib berish esa, 50 daqiqagacha vaqt oladi.
Korzinka Biznes
Jismoniy va yuridik shaxslar uchun ulgurji savdo do'koni ulgurji va chakana xaridlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aholiga sifatli tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlarini taklif qiladi. Bu format hamyonbop narxlarda yirik partiyadagi tovarlar va oziq-ovqat zarur bo‘lgan hollarda ayniqsa qulay.
O‘z savdo belgilari
2017-yilda “Из Корзинки” brendi paydo bo‘ldi. Bugungi kunda “Iz Korzinki” O‘SB tovarlari – bu shubhasiz sifatga va tarkibida eng yaxshi masalliqlarga ega tovarlar bo‘lib, hatto eng nozikta’b iste'molchi talabiga ham javob beradi.
2021-yilda yana bir savdo belgisi joriy etildi: “365 kun” – har kun uchun mo‘ljallangan, har bir xaridorning xaridlar ro‘yxatida mavjud va uning kundalik ehtiyojlarini qondiruvchi tovarlar.
Qulay va zavqli xaridlar
“Korzinka” xaridlarni zavqqa aylantirib, mijozlarga yaqinroq bo‘lishga doimo intiladi. Tarmoq quyidagilarni taklif qiladi:
- - yorug‘, keng va toza savdo zallari;
- - tovarlarning bir qarashda tushunarli joylashuvi;
- - to‘lov turlarining xilma-xilligi;
- - qulay avtoturargoh.
“Korzinka” mobil ilovasi
“Korzinka” mobil ilovasi ajoyib dizayn, qulay interfeys va eng foydali takliflar, aksiyalar hamda chegirmalarga ega onlayn-katalogni uyg‘unlashtiradi. Bundan tashqari, ilovada quyidagilar mavjud:
- - “Korzinka Plus” jamg‘arib borish dasturi bo‘yicha balans;
- - o‘zingizga eng yaqin do‘konlar manzillari va ish jadvali;
- - bank kartasi bilan to‘lash imkoniyati;
- - muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyati.
“Korzinka” — sifatli mahsulotlar supermarketi
Yetkazib beruvchilar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik – do‘konlar rastalaridagi tovarlarning hammabopligi yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash yo‘lidagi kompaniyaning ustuvorligidir. “Korzinka” yetkazib beruvchilari sirasida yuzlab kompaniyalar mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligi bilan hamkorlik tarmoq ta’sis etilganidan buyon davom etmoqda. Faqat yuqori sifat standartlariga mos tovarlar taklif etuvchi yetkazib beruvchilar bilan faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. Barcha tovarlar qat’iy nazoratdan o‘tadi: ular sinchkovlik bilan saralanadi va xaridorlarga hamyonbop narxda taklif etiladi. Bu yondashuv kompaniyaga muvaffaqiyatli o‘sish va rivojlanish imkonini beradi.
"Korzinka" — Oʻzbekistondagi eng yirik supermarket tarmogʻi quyidagi shaharlarda mavjud:
- - Toshkent;
- - Toshkent viloyati;
- - Fargʻona;
- - Andijon;
- - Qoʻqon;
- - Jizzax;
- - Navoiy;
- - Buxoro;
- - Qarshi;
- - Termiz;
- - Namangan;
- - Samarqand;
- - Samarqand viloyati;
“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i, mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish madaniyatining shakllanishiga xizmat qiladi, har bir xaridorning talabini qondirib, vaqtini tejaydi. Aynan shu sababli kompaniya ko‘p yillardan buyon O‘zbekistonda chakana savdo yetakchisi degan faxrli nomga sazovor bo‘lib kelmoqda.